Mahsulotlar
Yangiliklar
Menu
Biz haqimizda
Tarix Kompaniya asoschilari biznes olamidagi ilk qadamlarini ancha yillar avval, maishiy texnika savdosidan boshlagan edilar. Bu ROSSOning ayni damdagi muvaffaqiyatlari uchun poydevor vazifasini o’tagan dastlabki qadamlar edi. Shundan buyon o’tgan davr mobaynida savdo munosabatlari jarayonida to'plangan tajribalar muvoffaqiyatli qo'llanilib kelinmoqda. 2014 yil ROSSO brendining rivojlanishi uchun ilk qadamlar qo'yildi. Birinchi kunlardan boshlaboq, o'z bolasiga eng yaxshisini berishga harakat qiladigan mehribon ota-ona singari, kompaniya asoschilari ham Xitoydagi eng yaxshi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi hamkorlarni tanlashga alohida e’tibor bilan yondashdilar. Ushbu o’tgan yillar davomida to‘plangan tajribalar 2017-yilda ishlab chiqarish jarayonini yo’lga qo’yish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi, hamda 2017-yilning 25-aprelda “ROSSO ELECTRONIC TECHNOLOGIES” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Bugun 2017 yil kompaniyamiz hayotida burilish davri bo‘ldi desak adashmaymiz, chunki, hissiyotlarimiz oliy o‘quv yurtini endigina tugatgan va hayot deb ataluvchi ulkan ummon to‘lqinlarida mustaqil harakat qilishi kerak bo‘lgan talaba kabi edi. Keyin esa, barcha qiyinchiliklar, olingan barcha tajribalar, ba'zan esa nochor holatga olib kelgan barcha narsalar, bizga kuch-quvvat bo’lishi va yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishimiz uchun Robbiy tomonidan Bizga hadya etilganiga amin bo’ldik. Bugungi kunda korxona rahbariyati kelajakka ishonch bilan qarash maqsadida xaridorlar bilan bir qatorda yaqinlarimiz, do‘stlarimiz ham bizdan mamnun bo‘lishlari uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Bugungi kundagi dunyoning juda tez o’zgaruvchi holati, zamonaviy texnologiyalar olami, Sizni yuqori tezlik va xavfsizlik, arzon narxlar va sifat, hamda, aql bovar qilmaydigan texnologik murakkablik va funksional soddalikni tanlay bilish, hamda ular o‘rtasida muvozanatni saqlashga o‘rgatadi. Ishonch bilan ayta olamizki, ayni damda bularning barchasi ROSSO brendi mahsulotlarda mujassamlashgan.
Faoliyat yo'nalishi "ROSSO ELECTRONIC TECHNOLOGIES" MChJ o'z ishlab chiqarish quvvatlarida 32 diagonaldan 75 diagonalgacha bo'lgan zamonaviy televizorlar, zamonaviy gaz plitalarining 12 xil modifikatsiyasi, hamda yarim avtomatik kir yuvish mashinalarini ishlab chiqaradi. Shuni ta'kidlash kerakki, barcha mahsulotlar yuqori sifatli komponentlar yordamida ishlab chiqariladi va mahsulot dizayni sizni o’z xilma-xilligi bilan quvontiradi. "ROSSO ELECTRONIC TECHNOLOGIES" MChJ o’z tanlagan yo’lidan chekinmasdan jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda va har yili mahsulotlar qatorini yangi, eng muhimi, zamonaviy va mashhur maishiy texnika turlari bilan to'ldirmoqda.